Bosh vazir kotibiyatida yangi tayinlov amalga oshirildi

Saqlash
10:02 / 22.02.2024 871 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Fayzullajon Saʼdullayevich Qosimov Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlandi. Bu haqida UzA xabar berdi.

 

Maʼlumot uchun, tayinlovga qadar Fayzullajon Qosimov Fargʻona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//