6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Saqlash
12:02 / 22.02.2024 886 0

«O‘zgidromet» agentligi 23–29 fevral kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

 

Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:

 

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;

 

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;

 

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;

 

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;

 

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

 

Namangan viloyati: Pop tumani.

 

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//