Metan “zapravka”lar bugundan oldingi tartibda ishlaydi

Saqlash
12:02 / 22.02.2024 1261 0

Bu haqida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev xabar berdi.

 

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

 

Maʼlumot uchun, metan gaz quyish shoxobchalari bilan bogʻliq vaziyat haqida kun davomida mahalliy hokimliklar axborot resurslarida, shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJ va Energetika vazirligining rasmiy axborot manbalari orqali xabar qilib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//