Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin chempion boʻldi

Saqlash
09:03 / 07.03.2024 2408 0

Chexiya poytaxti Praga shahrida oʻtkazilayotgan “Prague International Chess Festival” turnirida yosh shaxmatchimiz muddatidan oldin gʻoliblikka erishdi.

 

 

 

27-fevral kuni boshlangan musobaqaning yakunlanish kuni bugun, 7-mart kuni boʻlib oʻtadi. Garchi bu oxirgi tur boʻlsa-da, Abdusattorov 6 ochko bilan oʻzgarmas oʻringa joylashgan. Undan keyingi oʻrinda turgan shaxmatchilar Nguyen, Maghsoodloo va Praggnanandhada 4,5 ochkodan bor va ular garchi oxirgi turda raqiblarini magʻlub qilsa ham, 5,5 ochko bilan hamyurtimizga yeta olmaydi. Soʻngi turdagi oʻyin ham Nodirbekka dunyo reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim etadi.

 

Bundan tashqari, hozirda onlayn jadvalda yosh grossmeysterimiz dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi boʻlib turibdi. U bunda amaldagi jahon chempioni xitoylik Ding Lirenni ham ortda qoldirgan. Nodirbekning dunyo reytingidagi umumiy ochkosi ayni vaqtda 2765,5 ga yetgan.

 

 

Maʼlumot uchun, oldinroq hamyurtimiz dunyo reytingida 6 pogʻona yuqorilagani haqida xabar qilgan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//