Oʻzbekistonda yangi oʻsimlik turi kashf etildi

Saqlash
14:03 / 13.03.2024 1830 0

OʻzResFA Botanika instituti va Janubiy Sibir botanika bogʻi botanik olimlari birgalikda Toshkent viloyatidagi Chorvoq suvombori atrofidan karamdoshlar oilasining Parriya (Parrya) turkumiga mansub yangi oʻsimlik turini kashf etdi.

 

Xabarga koʻra, yangi tur oʻzbekistonlik olim, akademik Komiljon Tojiboyev sharafiga “Tojiboyev parriyasi” – “Parrya tojibaevii” deb nomlangan.

 

Olimlar Chorvoq hududida dam olish maskanlarining koʻpligi, GESlarning qurilishi, chorva mollarining taʼsirida mazkur turning tarqalish areali kichrayib borayotganini taʼkidlamoqda. Bu esa oʻsimlikning butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasidagi tur maqomida boʻlishi mumkinligini anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//