Gonkongliklar Toshkentdagi futbol maydonidan norozi boʻlishdi(mi?)

Saqlash
18:03 / 25.03.2024 1628 0

Maʼlum boʻlishicha, Gonkong terma jamoasi bilan birga kelgan HK01 nashri muxbiri Yuan Chji Xao Oʻzbekiston haqida reportaj tayyorlagan va bu jarayonda mashgʻulot maydonini tanqid qilgan. Shuningdek, reportajda jamoa mashgʻulotlari paytida osmonda gʻalati tutun paydo boʻlgani aytilgan.

 

 

Biroq Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi stadion va muhitdan mamnun ekanligini bildirgan:

“Bu yerdagi muhit biz tasavvur qilganimizdan ham yaxshiroq, shuningdek, Erondagi sharoitlardan ham idealroq. Bu yerda ikkita yaxshi mashgʻulot oʻtkazdik”, degan u.

 

Maʼlumot uchun, ertaga, 26-mart kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 yoʻllanmasi uchun Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur oʻyin saralash jarayonining 2-bosqichi doirasida Toshkentda oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//