Bugun Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga keladi

Saqlash
10:04 / 05.04.2024 1739 0

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi, deb xabar berdi Prezident Matbuot xizmati.

 

Xabarga koʻra, qadimiy Xiva shahrida oʻtadigan muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek, uchrashuvda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

“Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish