Oʻtgan yili Qozogʻistondan 3 mlrd dollarlik tovar sotib olingani aytildi

Saqlash
11:04 / 05.04.2024 1856 0

Maʼlumki, Qozogʻiston tashqi savdo hajmi boʻyicha Oʻzbekistonning 3 ta asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. Ikki tomonlama tovar almashish esa erkin savdo rejimida amalga oshiriladi.

 

“Iqtisodiy sharh” jurnalining tahliliga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 4,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

 

Mazkur qiymaning juda katta qismi Qozogʻistonning mamlakatimizga qilgan eksporti hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Masalan, oʻtgan yili Oʻzbekiston Qozogʻistonga 1,4 mlrd dollarlik mol sotgan(eksport). Aynan shu davlatdan import qilish(sotib olish) qiymati esa 3 mlrd dollar boʻlgan. Bu esa oʻrtada tovar ayirboshlash hajmining taxminan 2/3 qismi Qozogʻiston, qolgan 1/3 qismi esa Oʻzbekistonga toʻgʻri kelishini anglatadi.

 

 

Tahlilda 2023-yil davomida Oʻzbekiston Qozogʻistonga asosan mashina va uskunalar, sanoat tovarlari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlarini eksport qilgani aytiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//