Ziyoli uyg‘onsa, millat uyg‘onadi – Otabek Hasanov

Saqlash
13:04 / 07.04.2024 1627 0
Foto: oyina.uz

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, san’atkorlardan iborat ziyolilarni tomonidan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida "Ma'rifat bog‘i"ni tashkil etish oldidan ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so‘zga chiqib, xalqimizni maqom eshitishga undadi. 

 

"Insonni moddiy qashshoqlikdan olib chiqish yo‘llari ko‘p. Ammo ma'naviy qashshoqlikdan olib chiqish qiyinroq. 

 

Sayxunobodda iqtisodiy uyg‘onish boshlangan edi. Endi esa biz ma'naviy uyg‘otamiz. Millatni uyg‘otish uchun bizga ziyollar ko‘mak beradi. Zero, ziyoli uyg‘onsa millat uyg‘onadi. 

 

Biz" Ma'rifat bog‘i"ga radiouzellar o‘rnatdik. Shuningdek, bu kabi radiouzellarni tumanning barcha mahallalarida o‘rnatmoqchimiz. Ushbu yo‘nalishda ham Sirdaryo tajribasini yo‘lga qo‘yamiz. Shundan so‘ng ushbu tajribani boshqa hududlarga ham joriy etish rejalashtirilyapti. Ya'ni mahallada maqom yangrab turadi. Mahalla maqomdan boshlanadi. Quloqlarni maqomga o‘rgataylik, keyin xirgoyi qilib yurishadi", dedi Otabek Hasanov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//