Oʻzbekiston tomonlarni Isroil va Eron mojarosini bosiqlik bilan hal qilishga chaqirdi

Saqlash
14:04 / 15.04.2024 1140 0

Oʻzbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda, deya bayonot berdi TIV.

 

Xabarda Oʻzbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishga chaqirgan.

 

“Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//