Qadimgi Olimpda yozgi Olimpiyada oʻyinlari olovi yoqildi

Saqlash
18:04 / 16.04.2024 1167 0

16-aprel kuni Gretsiyadagi Qadimgi Olimp togʻida Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlari alangasini yoqish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Mahalliy OAVʼlari xabariga koʻra, marosimda 600 ga yaqin nufuzli mehmonlar, jumladan Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulou va Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax ishtirok etgan.

 

Mashʼala gretsiyalik olimpiada oltin medali sovrindori Stefanos Douskosga berildi. Endilikda 10 kun davomida, yaʼni 26 aprelgacha Yunonistonda Olimpiada estafetasi oʻtkaziladi.

 

Shundan keyin, Afinadagi “Panatinaikos” stadionida 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari poytaxti Parijga olovni topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.

 

Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlari 26-iyul kuni boshlanib, 11-avgust kuni yakunlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//