Kosmosda tashlangan chiqindi uyning tomini teshib oʻtdi

Saqlash
18:04 / 18.04.2024 1704 0

Maʼlum boʻlishicha, voqea shu yilning 8-mart sanasida AQShning Florida shtatida sodir boʻlgan.

 

Shtatda joylashgan uylarda birining tom qismi hamda shiftini oʻtkir va qattiq jism teshib oʻtgan.

 

 

Oʻsha kuni uy egasi tom qismini nimadir teshib, oʻgʻlini jarohatlashiga sal qolgan narsa haqida maʼlum qilgan.

 

 

NASA rasmiylari esa uning bayonotiga faqat ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvdan soʻng javob qaytargan.

 

Dastlab bu narsa nomaʼlum jism deb taxmin qilingan, ammo keyinchalik u NASA'ga tegishli kosmik uskunaning bir boʻlakchasi ekani maʼlum boʻldi.

 

Kosmik agentlik hisob-kitoblariga koʻra, foydalanish muddati oʻtgan batareya bloki aslida Yer atmosferasida toʻliq yonib ketishi kerak boʻlgan. Biroq issiqlikka bardoshli metalldan yasalgan silindr yer qatlamigacha yetib kelgan. Uning ogʻirligi 700 gramm, oʻlchami esa 10 × 4 sm.

 

 

Maʼlumotga koʻra, u 2021-yil mart oyida kosmosdan tashlab yuborilgan.

 

“Endilikda uy egasi yetkazilgan zararni NASA'dan sud orqali undirib olmoqchi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//