Sartarosh mijoziga qoʻpol muomala qilib, sochini kal qilib tashladi

Saqlash
14:04 / 19.04.2024 2170 0

Ijtimoiy tarmoqlarda sartarosh va mijoz oʻrtasidagi kelishmovchilik tasvirlangan video tarqalmoqda.

 

Videoga koʻra, mijoz soqolini oldirmoqchi boʻlgan va undan keyin sochini oldirishni bildirgan.

 

Mijozning soqolini olib boʻlgan sartaroshga bu yoqmagan va jahli chiqqan. “Bilmay qoldim” deya javob bergan mijozga u shunday deb javob qaytargan:

 

“Qarada. Hammamiz odamiz, a? Man sanga tushuntirdim. Soqolimni toʻgʻrilang deding, toʻgʻriladimmi? “Choʻlka”mni kesing deding, kesyapman. Siyraklating deyapsan, siyraklatyapman. Toʻgʻrimi? Endi hammasini bittada aytib qoʻymaysan-ku. Aka, meni “choch”imni oling, keyin soqolimni oling demaysanmi?… Men bu yerdan (soqoldan) chiqmayman, man tepadan (boshdan) tushib kelaman”.

 

Bu vaqtda mijoz yigit “uzr, uzr” deb turgan.

 

Shundan keyin sartarosh yigitning qayerda, kim bilan ishlashini, nima ish qilishini soʻragan. Mijoz shu yaqin atrofda bobosi bilan “uy koʻtarish”ini aytgan. Ana shunday javobdan soʻng sartarosh yigitning sochini kalga olib tashlagan.

 

“Mana, ukam… Nima qilolasan? Nima boʻladi? Kimni chaqirasan, buvangnimi? Mana video-zapis, hamma “golosovoy”larim bor. Aytyapman, tushuntiryapman. Mana (videoga) olyapti ogʻaynim. Video-zapis, hamma narsam bor. Bor! “Uchasvoyga aytasanmi? Kimga aytasan? Sudga aytasanmi? “milisa” keladimi oldimga?… Tushuntiryapmanmi senga? Yana nima qilib beray, ukam?” – degan sartarosh yuqoridagi harakatidan keyin.

 

“Aka, adashibman” deb mijoz gapirganda, yana sartarosh oʻzini oqlashga uringan:

 

“Mendamas-ku ayb. Nimaga sen adashasan-u, men javob beraman? Toʻgʻrimi, ukam, gapim? Nima qilib beray hozir? “Polniy” olgan joyimga sochingni qoʻyib beraymi?” – degan u.

 

Videodan aniq boʻladiki, mijoz yigit sartaroshga toʻgʻri tushuntirib berolmagan.

 

“Toʻgʻri tushuntirganingda, pulingni ham olmasdim. Puling ham kerakmas menga… Nima boʻladi endi? Bitta mana shu kalga olib qoʻyganim uchun “milisa”ga berasanmi? (videoga olayotgan tomonga qarab) Ol! Videoga ol, men koʻrsataman hammasini”, – sartarosh shunday deb bolaning chala olingan sochini yana olib boshlagan.

 

Maʼlumot uchun, sartarosh birinchi yigitning sochini kalga atayin olgan va keyin yuqoridagi gaplarni gapirgan.

 

“Menga unaqa qilmalaring, ukam. Undan koʻra menga aytgin, “Aka, meni pulim yoʻ(q)…“ Masalanda, men senga keltirib beryapman. “Aka, meni pulim yoʻ(q), soch-soqolimni olib qoʻying, yana 10 ming bering” degin, men senga 20 ming berimanda, yana nonam olib beramanda… Menga faqat toʻgʻri gapir”, – degan sartarosh video oxirida.

 

Mijoz yigit qayta-qayta adashganini aytgan. Sartarosh esa soch olishda davom etgan.

 

Video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi. Yakunda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻrganildi.

 

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan hech qancha oʻtmay sartaroshning uzr soʻragan videosi tarqaldi.

 

Maʼlum boʻlishicha, u Turgʻunov Maʼmurjon boʻlib, Toshkent tumanida yashaydi va ishlaydi.

 

 

Mijoz bilan boʻlgan voqea 2022-yil oktyabr oylarida boʻlib oʻtgan.

 

Aniqlanishicha, mijozning ismi Jasur.

 

“Jasur ismli fuqarodan, uning ota-onasidan, aka-ukalaridan, yaqinlaridan uzr soʻrayman. Ushbu holat boʻyicha qonunda belgilangan har qanday jazoga roziman. Qilgan ishimdan pushaymonman. Oʻzbekiston xalqidan uzr soʻrayman. Bunday holat men tomonimdan umuman sodir etilmaydi”, degan sartarosh uzr soʻrash jarayonida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//