Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Saqlash
17:04 / 19.04.2024 1991 2

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

 

Ikki kunlik tashrif davomida Oʻzbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar oʻtkazdi.

 

 

Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi.

 

Kecha, 18-aprel kuni prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor boʻlgan ikki mamlakat madaniyat va sanʼat arboblaridan bir guruhini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Yetakchilar birgalikda “Doʻstlik oqshomi” konsert dasturini ham tomosha qildi.

 

Bugun, 19-aprel sanasida Prezidentimiz Tojikiston Parlamenti quyi palatasi Raisi Mahmadtoir Zokirzoda va Bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

 

Shu bilan birga, davlat rahbarlari mamlakatimizning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berdilar hamda Oʻzbekiston sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdi.

 

Tashrif yakunida Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Prezident Emomali Rahmon kuzatib qoʻydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.

 

 

 

2 Izohlar

sardor

10:04 / 20.04.2024

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga yuborilgan davlat tashrifi doirasida olib borilgan tadbirlar, ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni yanada kuchaytirish va soddaleshtirishga yordam beradi.

KArip

10:04 / 20.04.2024

O'zbek va Tojik xalqi azaldan bir birlariga qardosh xalq hisoblanadi

Izoh qoldirish

//