Qozogʻiston musulmonlariga kredit kartalaridan foydalanish taqiqlandi

Saqlash
18:04 / 19.04.2024 2015 0

Qozogʻiston musulmonlariga kredit kartalaridan foydalanish va ulardan naqd pul olish taqiqlandi. Bu haqida TASS xabar berdi.

 

Mazkur taqiq debet kartalari va ular orqali olingan naqd pullardan foydalanishga taʼsir koʻrsatmaydi.

 

Maʼlum boʻlishicha, qaror Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan.

 

“Debet kartasi hamda u orqali olingan naqd puldan foydalanishga ruxsat beriladi. Kredit kartadan foydalanish va undan naqd pul olish taqiqlanadi”, deyiladi qarorda.

 

Tashkilotning taʼkidlashicha, agar toʻlov kartalari shariat talablariga javob bersa, bonus karta mukofotlaridan foydalanishga ruxsat beriladi, biroq “qabul qilingan bonus shariat tomonidan taqiqlanmagan narsalarga sarflanishi kerak”.

 

“Islomiy bank ishi islom normalariga muvofiq faoliyat yuritishni oʻz ichiga oladi. Foiz (ribo) toʻlash va undan olinadigan foiz operatsiyalari man etiladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//