Zoʻravon sartarosh 10 sutkaga qamaldi

Saqlash
19:04 / 19.04.2024 2104 0

Oldinroq Toshkentda viloyatida sartarosh mijoziga qoʻpol muomala qilib, sochini kal qilib tashlagani haqida xabar berilgan edi.

 

Mazkur holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirildi.

 

“Kunikecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumanida yashovchi, sartaroshlik bilan shugʻullanuvchi, fuqaroning xatti-harakatlari aks etgan videolavha tarqalib, jamoatchilikning muhokamalari va koʻplab eʼtirozlariga sabab boʻldi. Holat shu vaqtning oʻzida IIBB tomonidan oʻrganildi”, – deydi rasmiy.

 

Aniqlanishicha, mazkur voqea 2022-yilning oktyabr oyida sodir boʻlib, bugungi kunga qadar ichki ishlar organlariga murojaat yoki shikoyat arizasi kelib tushmagan.

 

“Hozirda sartaroshlik bilan shugʻullanuvchi, 34 yoshli shaxs hamda voqeani videotasvirga olgan uning tengdoshi tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib kelinib, xodimlar tomonidan profilaktik suhbat oʻtkazildi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi” deydi rasmiy xodim munosabat davomida.

 

Xabarga koʻra, bugun, 19-aprel kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan. Sud hukmiga koʻra, sartaroshlik bilan shugʻullanuvchi fuqaroga nisbatan MjtKning 183-moddasiga asosan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Jarayonni videoga olgan sartaroshning sherigi esi MjtK 46 prim 2-moddasiga asosan maʼmuriy jarima toʻlaydigan boʻldi.

 

Maʼlumot uchun, sartarosh qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, uzr soʻragan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//