UzCard va HUMO terminallarining integratsiya jarayoni boshlandi

Saqlash
18:04 / 23.04.2024 2881 0

Yilning 24-mart sanasidan boshlab, baʼzi savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari bir terminalda ikki hil tizimda ishlovchi UzCard va HUMO kartalarini qabul qila boshladi.

 

Maʼlumot uchun, avvallari baʼzi terminallar HUMO kartalarini qabul qilmay, faqat UzCard kartalari boʻyicha xizmat koʻrsatgan. Integratsiya jarayonida esa terminal turidan qatʼi nazar, ikki xil karta turini ham qabul qilishi taʼminlanadi.

 

Hozirda 250 dan ortiq PAX A930 (oq rangli) terminallari sinov tariqasida integratsiyalashtirilgan. Xabarda aytilishicha, mamlakatdagi yana oʻn minglab qurilma integratsiya qilinishi koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//