O‘zbekiston telekanallarida Milliy kino kuni bo‘ladi

Saqlash
10:04 / 26.04.2024 2256 0

O‘zbek telekanallarida har shanba “Milliy kino kuni” o‘tkaziladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, “Renessans” kino uyida prezident tashabbusi bilan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” shiori ostida Respublikadagi telekanallarda haftaning bir kunini Milliy kino kuni sifatida belgilash hamda milliy filmlar namoyishini yo‘lga qo‘yish maqsadida anjuman bo‘lib o‘tgan.

 

Anjuman davomida milliy manfaatlarni himoya qilish, milliy madaniyat va qadriyatlarni asrash, kelgusi avlodlarga bus-butun yetkazish, yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida davlat buyurtmasiga asosan yaratilgan milliy filmlar namoyishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Unga ko‘ra, haftaning har shanba kuni Milliy kino kuni etib belgilandi. Bu kunda davlat va nodavlat telekanallarda faqat milliy filmlar namoyish qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//