Shavkat Mirziyoyev Rossiyada boʻlib oʻtadigan harbiy paradda ishtirok etadi

Saqlash
09:05 / 07.05.2024 790 0

9-may kuni boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradining faxriy mehmonlari orasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham boʻladi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

 

Tadbirda, shuningdek, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes, Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Thongloun Sisoulite va Gvineya-Bisau Respublikasi Prezidenti Oumaru Sissoku Embalo ham ishtirok etadi.

 

“Putin bilan birgalikda davlatlar yetakchilari Nomaʼlum askar qabriga gul qoʻyish marosimida ham qatnashadi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//