“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi oktyabr oyida boshlanadi

Saqlash
14:05 / 07.05.2024 1254 0

“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi 2024-yil oktyabr oyida boshlanadi, deya maʼlum qilgan Qirgʻiziston prezidenti.

 

Japarov soʻzlariga koʻra, agar bu loyiha amalga oshsa, mamlakat dunyoga “chiqishi mumkin”.

 

“Bu bizning oʻzimizga tegishli yoʻl boʻladi”, deydi u.

 

Taʼkidlash lozim, temir yoʻlning 311 km qismi Qirgʻizistondan oʻtgan.

 

Qurilish hozircha 4,7 mlrd dollarga baholanmoqda.

 

Bu loyiha ilgari surila boshlanganda “quruqlikdagi Suvaysh kanali” boʻlishi taxmin qilingan. Sababi mazkur temir yoʻl Sharq va Gʻarbni vaqt jihatidan anchagina yaqinlashtiradi.

 

Xitoy va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan bu yoʻl orqali, shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlariga ham chiqish mumkin.

 

Magistralning oʻtkazish quvvati yiliga 7 mln tonnadan 13 mln tonnagacha yukni tashkil qilishi kutilmoqda.

 

Maʼlumot oʻrnida, hozirgacha bunday yoʻl faqatgina Qozogʻiston hududidan oʻtgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//