Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sharaf lentalari ulashish chellenji boshlandi

Saqlash
12:05 / 08.05.2024 2069 0

Oʻzbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davlat bayrogʻi ramzi tushirilgan sharaf lentalarini ulashish chellenji boshlandi. Bu aksiyada yoshlar alohida faollik koʻrsatib, oʻz tashabbuslari bilan sharaf lentalarini ulashmoqda. Har bir oʻzbekistonlik ushbu chellenjga qoʻshilib, birlik, hamjihatlik, milliy gʻururning yorqin namunasini ommalashtirishi mumkin.

 

 

 

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati barchani mazkur chellenjda faol ishtirok etishga chorladi.

 

 

 

 

 

 

“Koʻksimizga jasorat, sharaf-shon, gʻurur, iftixor ramzini qadaylik!”, degan soʻzlar mazkur chellenj shioridir.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//