Ashxobodda sel omboriga 2 kunlik yomgʻir suvi yigʻib olindi

Saqlash
10:05 / 10.05.2024 1638 0

Maʼlum boʻlishicha, 8—9-may kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobodda umumiy 47 mm yogʻin tushgan. Bu mazkur shahar yil davomida yogʻadigan yomgʻirning 22 foizi hisoblanadi.

 

Mazkur shahar aholisi azaldan kuchli yomgʻirlar yogʻishi natijasida yigʻilib qoladigan suvdan aziyat chekib kelar edi.

 

 

Natijada hukumat sel xavflarini kamaytirish uchun shahar atrofida bir necha sel irmoqlarini birlashtiruvchi sel omborini qurishni boshladi.

 

Mazkur gidrotexnik inshoot 2022-yilda toʻliq qurib bitkazildi.

 

Shundan soʻng shahar sel oqimlaridan sekin-asta qutila boshladi.

 

Kunikecha yogʻgan kuchli yomgʻir suvlari natijasida ham anchagina suv yigʻilgan edi. Suv ombori esa yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel xavfini birinchi marta kutilganidek bartaraf etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//