Men ulardan kechirim soʻramayman – Nursulton Roʻziboyev

Saqlash
12:05 / 13.05.2024 969 0

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Roʻziboyevning videolari tarqalmoqda.

 

Videoda Roʻziboyev bukmeykerlik oʻyinlarida unga pul tikib, pul yutqazib qoʻyganlarga murojaat qilgan.

 

Maʼlumot uchun, Roʻziboyev 12-may kuni AQShdagi UFC Fight Night turnirida Xoakin Bakliga qarshi oktagonga koʻtarilgan edi.

 

Unda oʻzbekistonlik jangchining raqibi ochkolar hisobiga yakunda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

 

Jangdan soʻng Roʻziboyev barcha Oʻzbekiston xalqidan, muxlislardan uzr soʻragan. Ammo keyingi tarqalgan videolarga koʻra, ayrim muxlislar unga oʻz noroziliklarini bildirgan.

 

“Hozir koʻpchilik yozyapti: “Sizni deb yutqizdik pul. Uyimizni sotuvdik. Mashinamizni sotuvdik. Yutqizdik” – deyapti. Shulardan uzr soʻramayman. “Naborot” xursand boʻldim. Shular uchun yutqazganimdan xursandman. Men bu narsani bir umr aytganman, qaytarganman – Boʻlmaydi, bunaqaga qilmanglar deganman. Tayyor pullaringizni oilangizga, oʻzingizga, yaxshi narsalarga ishlatinglar deganman. Harom narsaga ishlatmasdan. Shuning uchun bu ayrim odamlarga, koʻpchilikka tegishli emas. Shuning uchun menga bunaqa narsalarni yozmanglar qaytib. Tashamanglar videolaringizni, gapirib “tuda-suda”. Aql oʻrgatmanglar. Aql oʻrgatadigan odamlarim bor… Xullas, shunaqa gaplar”, degan u oʻz murojaatida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//