Poytaxtda uy-joy ijarasi narxi yana pastladi

Saqlash
14:05 / 13.05.2024 791 0

Aprel oyida poytaxtning ijara bozori yana pasayish dinamikasini koʻrsatgan. Xarid qilish faolligi 4,6 foizga kamaygan hamda 1 kvadrat metr uy-joy narxi 8,3 dollarni tashkil etgan.

 

Mazkur oyda ham Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi yuqoriligicha qolgan. Bu hududlarda har kvadrat metr uchun oʻrtacha ijara haqi 10,4 dollarni tashkil etgan.

 

Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida esa nisbatan arzon ijara uy-joylar saqlanib qolgan. Ushbu tumanlarda oʻrtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun 6,3 dollarni tashkil qilgan.

 

Shunday hisobda, aprel oyida narxlar eng koʻp pasaygan hududlar Yashnobod (11,6 foiz), Yakkasaroy (11,1 foiz) va Shayxontohur (10,5 foiz) tumanlari boʻlgan.

 

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yilning aprel oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 6,9 foizga qisqargan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//