Meksikada jazirama issiqdan 30 ga yaqin odam vafot etdi

Saqlash
16:05 / 13.05.2024 773 0
Foto: Report.az

Meksikadagi rekord darajali issiq harorat oqibatida 27 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda El Universal nashri xabar berdi. Issiqlik tufayli oʻlim holatlari yuz bergan shtatlarda havo harorati 40-48 darajagacha koʻtarilgan.

 

Maʼlumotlarga koʻra, anomal issiq oqibatida yuzaga kelgan eng koʻp oʻlim holati Meksiko markazidagi San-Luis-Potosi shtatiga toʻgʻri keladi. Eng yuqori 48 darajali issiq ham aynan San-Luis-Potosi shtatida kuzatilgan.

 

Mamlakat hukumati va shifokorlari vafot etganlarda issiq urish holatlarini aniqlagan. Bundan tashqari, oʻrmon yongʻinlari oqibatida havo sifatining keskin pasayishi ham odamlarga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

 

Maʼlumot uchun, Meksikada may oyi yuqori darajali issiq ob-havo bilan boshlandi. Mamlakat poytaxtidagi issiqlik darajasi tarixiy rekordlarni yangiladi. Bu esa energetika tizimiga boʻlgan yuklamani oshirib, elektr taʼminotidagi uzilishlarga sabab boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//