“Yor-Yor” filmi yangi talqinda suratga olinadi

Saqlash
16:05 / 13.05.2024 901 0

Mazkur durdona filmning suratga olinganiga bu yil 60 yil toʻladi.

 

Shu munosabat bilan ssenariy muallifi va rejissyor Ali Hamroyev filmni yangicha talqinda suratga olishini maʼlum qildi.

 

Filmning qisqacha mazmuniga koʻra, voqealar rivoji 1964-yilda suratga olingan “Yor-yor” bilan deyarli bir xil. Birgina farqi yangi “Yor-yor”da voqealar Yangi Oʻzbekiston davrida boʻlib oʻtadi.

 

“Bugun atrofimizda nimalar boʻlayotgan boʻlsa, filmda ham shular tasvirlanadi. Maqsad – bugungi kunimiz haqida 50 yildan keyin ham odamlar bilishi kerak”, deya izoh bergan Ali Hamroyev.

 

Film bosh qahramonlaridan biri – “Ota” obrazini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Farhod Abdullayev gavdalantiradi.

 

Hozirda boshqa qahramonlar uchun kasting jarayonlari davom etmoqda.

 

Rejissyorning soʻzlariga koʻra, film shu yilning dekabr oylarida tayyor boʻladi va kartina 2025-yilgi Navroʻz bayramida katta ekranlarga chiqishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//