Quvondiq Bishimbayev 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Saqlash
17:05 / 13.05.2024 1463 0

Ostona tumanlararo sudi Quvondiq Bishimbayev jinoyati boʻyicha qaror chiqardi. Unga koʻra, Bishimbayev 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

 

2023-yilning 9-noyabrida Qozogʻistonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvondiq Bishimbayev fuqarolik nikohidagi Saltanat Nukenovani shafqatsizlik bilan urib oʻldirgan edi. Jinoyat Bishimbayev oilasiga tegishli BAU restoranida sodir boʻladi.

 

Ukasi Baxitjan Bayjanovga esa 4 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bayjanov oʻta ogʻir jinoyatni yashirganlikda ayblangan.

 

Voqealar xronologiyasini bu yerda oʻqish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//