Oʻzbekistonda yashayotgan barcha oʻzbek tilini bilishlari shart – Alisher Qodirov

Saqlash
10:05 / 14.05.2024 712 0

Kecha, 13-may kuni Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiyaga ishga kelayotgan ishchilar rus tilini bilishi shartligi, mamlakat anʼanalari va madaniyatini hurmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

 

“Ishlash uchun kelayotganlar rus tilini bilishi, madaniyatimizni, urf-odatlarimizni bilishi biz uchun muhim” degan u plenar majlisda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Volodinning mazkur fikriga oʻz blogida shunday munosabat bildirdi:

 

“Soʻzsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu Oʻzbekistonda yashayotgan ruslarni oʻzbek tilini bilishlari shart emas degani emas!

 

Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar oʻzbek tilini bilishlari shart.

 

Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bogʻcha va boshlangʻich taʼlimda boshqa millatli vatandoshlarga oʻz ona tili va qadriyatlarini oʻrganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, oʻzbek tili majburiy oʻrganadigan til sifatida belgilanishi kerak.

 

Oʻzbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin boʻlmay qolishiga erishishimiz kerak”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//