Xodim tushlik vaqtida ham ishlab, uyga 1 soat vaqtli ketsa boʻladimi?

Saqlash
18:05 / 14.05.2024 1184 0

Mehnat kodeksining 204-moddasiga koʻra, ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi koʻpi bilan ikki soat va kamida oʻttiz daqiqa boʻlgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak. Ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki mehnat shartnomasida, agar xodim uchun belgilangan kunlik ishning (smenaning) davomiyligi toʻrt soatdan oshmasa, unga mazkur tanaffus berilmasligi nazarda tutilishi mumkin.

 

Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.

 

Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.

 

Savolga qaytiladigan boʻlsa, javob – yoʻq.

 

Chunki mazkur 204-moddada yozilishicha, xodimga kamida yarim soat tanaffus berilishi kerak. Agar xodimga tanaffusni bermasdan, ish beruvchi uni kun boʻyi ishlatib, “mayli bir soat oldin ketaver” desa, mehnat qonunchiligi buziladi. Yaʼni, 204-moddaning talabi qondirilmaydi.

 

Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga asosan, berilgan tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.

 

Masalan, xodim 8 soatlik ish rejimida ishlasa va 1 soat tanaffus olsa, oʻsha bir soat uning ish vaqtiga hisoblanmaydi. Shu hisobda, xodim 8 soatdan keyin emas, 9 soatdan keyin uyiga ketadi.

 

Agar xodimga yarim soat tanaffus berilsa ham, u belgilangan ish vaqtidan oldin keta olmaydi.

 

Buning aniq tartib-qoidalari ichki mehnat tartib-qoidalarida, mehnat shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//