Oʻzbekistonning 2023-yil yakunigacha boʻlgan umumiy tashqi qarzi maʼlum boʻldi

Saqlash
16:05 / 16.05.2024 1891 0

Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 2023-yilga kelib 55,7 mlrd dollarga yetgan. Bu maʼlumot YAIMga nisbatan foiz koʻrinishida Xalqaro valyuta jamgʻarmasining hisobotida qayd etilgan.

 

Maʼlumot uchun, mamlakatning tashqi qarzi ikki qismga ajratiladi:

◻️ davlatning tashqi qarzi;

◻️ xususiy tashqi qarz.

 

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, davlatning tashqi qarzi 2023-yilda 29,6 mlrd dollar boʻlgan.

 

Oʻz-oʻzidan maʼlum boʻladiki, qolgan, yaʼni 26,1 mlrd dollar qismi xususiy qarzdorlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//