Qonunchilik palatasi devoniga yangi rahbar tayinlandi

Saqlash
09:05 / 17.05.2024 1757 0

Mahmud Shuhratovich Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi, deb xabar berdi Kun.

 

Maʼlumot uchun, Mahmud Istamov hozirda 45 yoshda.

 

U Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatida 2004–2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi boshligʻi, 2005–2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish markazi boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

 

2006–2017-yillarda Prezident Administratsiyasida ham faoliyat olib borgan.

 

Istamov, shuningdek, 2021-yilda Buxoro viloyati prokurori ham boʻlgan. 2024-yil fevral oyida esa mazkur lavozimdan ozod etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//