Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidentini tabrikladi

Saqlash
10:05 / 17.05.2024 2102 0

17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

 

Xabarga koʻra, davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabriklagan.

 

Muloqot davomida Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi ham alohida qayd etilgan.

 

“Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston–Qozogʻiston koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar. Xiva shahrida boʻlib oʻtgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//