Oʻzbekiston Eronga yordam koʻrsatishga toʻliq tayyorligini bildirdi

Saqlash
09:05 / 20.05.2024 1082 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyotning favqulodda qoʻndirilishi toʻgʻrisidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qilganini maʼlum qildi.

 

Xabarga koʻra, Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yoʻlovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

 

“Barcha yoʻlovchilar tez orada sogʻ-salomat topilishiga umid qilamiz”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Eronga barcha yordam choralarini qoʻllashga tayyorligini bildirgan.

 

“Oʻzbekiston tomoni zarurat boʻlishi bilan Eronlik doʻstlarimizga barcha yordam koʻrsatilishiga toʻliq tayyorligini bildiradi”, deyiladi xabar yakunida.

 

Maʼlumot uchun, bortida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot 19-may kuni Ozarbayjon bilan chegaradagi Julfa shahri yaqinida halokatga uchragani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Raisiydan tashqari vertolyot bortida Eron tashqi ishlar vaziri va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori ham boʻlganligi aytilmoqda.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlari esa halokat hududida noqulay ob-havo va quyuq tuman sababli aviatexnikalarsiz oʻtayotgan edi.

 

Keyingi xabarlarga koʻra, Raisiyning oʻlimi tasdiqlangan. Shuningdek, bortdagi hamma yoʻlovchi vafot etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//