Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida vafot etdi

Saqlash
09:05 / 20.05.2024 1160 0
Foto: The New York Times

Eron prezidenti va delegatsiyasi boʻlgan vertolyot qulab, ichidagi yoʻlovchilarning barchasi vafot etdi. Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar berdi.

 

Vafot etganlar orasida Eron tashqi ishlar vaziri Xossayin Amir Abdollaxiyan, Tabriz imomi Muhammad Ali Xoshim, Sharqiy Ozarboyjon gubernatori Malik Rahmati va boshqa bir qancha yoʻlovchilar ham boʻlgan.

 

Maʻlumot uchun, Ibrohim Raisiy boshchiligidagi delegatsiya Ozarboyjondan, hamkasbi Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotganda halokatga uchragan. Kortejda umumiy 3 ta vertolyot harakatlangan. Hamroh 2 ta vertolyot esa qoʻnishni mufaffaqiyatli amalga oshirgan.

 

Eronning vitse-prezidenti Muhammad Muxbar vaqtinchalik prezident vazifasini bajaradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//