Shavkat Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi

Saqlash
12:05 / 20.05.2024 1216 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maktubda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan Ibrohim Raisining yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi taʼkidlangan.

 

“Davlatimiz rahbari doʻst Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi”, deyiladi xabarda.

 

Oldinroq Oʻzbekiston Eronga yordam koʻrsatishga toʻliq tayyorligini bildirgani hamda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//