Poytaxtda tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy etiladi

Saqlash
10:05 / 22.05.2024 812 0

Bu aholi tomonidan toʻlanayotgan umumiy soliqlar hisobidan boʻladi va odamlardan qoʻshimcha badallar undirilmaydi.

 

Tibbiy sugʻurta doirasida:

▪️ davlat tomonidan aholiga bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi joriy etiladi;

 

▪️ bemorlarni oʻzlari biriktirilgan oilaviy shifokorlar orqali tor soha mutaxassislariga yoki shifoxonalarga yoʻllash tizimi tashkil qilinadi. Bunda ushbu tartibga rioya qilingan holdagina bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi;

 

▪️ aholiga kafolatlangan paket doirasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha dori vositalari elektron resept asosida dorixonalar orqali bepul beriladi.

 

Shuningdek, tibbiyot sohasida yana bir qator yangiliklar boʻlishi kutilmoqda.

 

Jumladan, tez tibbiy yordam tizimida bemorlarga shifokor maslahati berib boradigan “Call-markaz”lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Bu yil Toshkent shahrida, kelasi yili boshqa hududlarda paramedik va pediatrik brigadalar ham tashkil qilinadi.

 

Tez yordam tizimida ishlovchi xodimlar tibbiy maslahat shifokori, chaqiruvni saralash operatori, feldsher-paramedik yoʻnalishida qayta tayyorlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//