Uy-joy uchun subsidiya olishda eng koʻp ariza tushayotgan hudud qaysi ekanligini bilasizmi?

Saqlash
10:05 / 22.05.2024 1284 0

Xabaringiz bor, uy-joy uchun subsidiya olishda arizalar topshirish 15-maydan boshlandi.

 

Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan hafta davomida shu maqsad bilan berilgan arizalar soni 162 117 ta tashkil qilgan.

 

Arizalarning 113 003 tasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, 49 114 tasi esa Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilingan.

 

Eng koʻp ariza qabul qilingan hududlar ichida Samarqand birinchi boʻlib turibdi.

 

Quyida uy-joy subsidiyasi boʻyicha eng koʻp ariza kelib tushgan 5 ta hudud keltirilgan:

◻️ Samarqand viloyati – 21 171 ta;

◻️ Andijon viloyati – 21 105 ta;

◻️ Fargʻona viloyati – 18 308 ta;

◻️ Toshkent shahri – 15 769 ta;

◻️ Namangan viloyati – 13 703 ta.

 

Maʼlumot uchun, qabul qilingan arizalar tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari raisligidagi komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumot fuqarolarning telefon raqamlariga SMS tarzida yuboriladi.

 

Oldinroq uy-joy uchun subsidiya olishda bir kunda berilgan ariza yillik normadan ham oshib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//