Haj ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi

Saqlash
12:05 / 22.05.2024 1055 0

Oʻzbekistonliklar uchun Haj tadbiri Oʻzbekiston Respublikasining Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun Haj ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega boʻlishdir.

 

Qolgan barcha turdagi vizalar, masalan, “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish mumkin emas.

 

Tartibni buzgan xorijliklar Saudiya Arabistonidan deport qilinib, mamlakatga 10 yil muddat davomida kiritilmaydi. Shuningdek, 50 ming saudiya riali miqdorida jarima toʻlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//