Bolalarni ular chizgan suratlar orqali tushunish mumkin

Saqlash
15:05 / 22.05.2024 1169 0

Deyarli barcha bolalar rasm chizishni yoqtiradi.

 

Surat chizish orqali ular fantaziyaga beriladi va tasavvuri kengayadi.

 

Mutaxassislarning fikricha, surat mitti “shaxs”ning ikki koʻrinishdagi ichki dunyosini kattalarga tushuntirib bera oladi. Yaʼni, bolaning chizgan rasmlari “u oʻzini qanday his qilayotgani” hamda “ayni vaqtda jamiyatda tutgan oʻrni” haqida maʼlumot beradi.

 

Mutaxassislar 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning chizgan suratlaridan his-tuygʻularni anglab olish qiyin deyishadi. Sababi bu davrda bolalar endigina qogʻoz-ranglarni anglayotgan, qalamlarni toʻgʻri ushlashni oʻrganayotgan boʻladi. Biroq 5 yoshdan katta boʻlgan bolalar chizgan rasmlarda ularning his-tuygʻulari aniq-ravshan boʻladi. Shuningdek, bunday rasmlarda bola hayotida yuz berayotgan muammolar haqida ham bilib olish mumkin.

 

Xoʻsh bolalar chizgan qanday suratlarni misol qilib keltirish mumkin?

Ularning ayrimlari quyidagicha ta'riflanadi:

◻️ Oila surati – undagi tasvirlar oila ichidagi munosabatlar haqida gapiradi. Agar farzandingiz hali oila haqida rasm chizmagan boʻlsa, unda shu mavzuda surat chizishni soʻrang. Shunda u sizning oilangiz haqida oʻzi tushungan jihatlarni tasvirlar bilan “gapirib beradi”. Albatta, bunda obrazlarning qanday kayfiyatda tasvirlanishiga ham eʼtibor berish kerak.

 

◻️ Erkak yoki ayol surati – mazkur ijodiy ish bolangizning nimani orzu qilishini, kim boʻlishni maqsad qilayotganini tushuntirib beradi. Bunda u oʻzini qanday tasvirlashiga, uning tana aʼzolari va kiyimlari qanday chizilganiga eʼtibor bering.

 

◻️ Vaziyat tasviri – bu turdagi suratlarda farzandingiz oʻzini bogʻchada, maktabda, koʻchada va hokazo joylarda tasvirlaydi. Bu bilan siz uning bunday joylarda oʻzini qanday his qilayotgani va hozirgi paytda u bilan nima sodir boʻlayotganini bilib olasiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//