Konditsionerdan muntazam foydalanish bir qator kasalliklarni keltirib chiqaradi

Saqlash
16:05 / 22.05.2024 1009 0

Tibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimovaning taʼkidlashicha, konditsioner yoqilgan xonada namlik yoʻqolib, havoda kislorod kamayadi. Shu yoʻsinda vaqt oʻtishi bilan teri quruqlashib, ajinlar paydo boʻladi.

 

Salqin xonadan issiq joyga chiqish, yaʼni ikki xil ekstremal harorat tanada stress reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin ekan.

 

Mutaxassisning aytishicha, qon bosimi odatda issiqdan koʻra, sovuq havoda yuqori boʻladi. Chunki, salqin harorat qon tomirlarining siqilishi va spazmlarga olib keladi. Shunday ekan konditsioner tagida uzoq vaqt oʻtirish sistolik va diastolik qon bosimini koʻtaradi.

 

Konditsioner chiqaradigan sovuq havo tana haroratini tushirib yuboradi. Oqibatda, bronxit, tomoq, bel va boʻyin ogʻriqlari kelib chiqadi.

 

Konditsionerda nafas tizimi infeksiyalarini qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar toʻplanib qoladi. Ishga tushirilganda esa undagi mikroorganizmlar xonadagi havoga tarqalib ketadi. Bu holat allergik kasalligi bor insonlarga salbiy taʼsir etishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//