Ayrim toʻlovlar xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinishi mumkin

Saqlash
17:05 / 22.05.2024 1107 0

Bandlik vazirligi bergan maʼlumotga koʻra, bir qator holatlarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinishi mumkin.

 

Jumladan:

 

◻️ soliqlar va yigʻimlarni undirish uchun;

 

◻️ sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek, vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

 

◻️ ish haqi hisobiga berilgan boʻnakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganligi munosabati bilan xoʻjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va oʻz vaqtida qaytarilmagan boʻnakni ushlab qolish uchun;

 

◻️ xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan oshmasa;

 

◻️ ish beruvchi tomonidan xodimga qoʻllangan jarimani undirish uchun;

 

◻️ xodim qaysi ish yili hisobiga taʼtil olib boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda taʼtilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

 

Taʼkidlash lozim, har bir toʻlov chogʻida ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlarning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//