Respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshirsa boʻladimi?

Saqlash
10:05 / 23.05.2024 908 0

Xabaringiz bor, umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

 

Oʻquvchi respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshira olmaydi. Yaʼni, talabgor faqat taʼlim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin.

 

Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.

 

Bundan tashqari, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun oʻquvchining baholari inobatga olinadi. Asosan, talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʼlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi.

 

Baholar tabelining nusxasi esa maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.

 

Oldinroq Prezident maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul kunlari eʼlon qilingani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//