Ispaniyadan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi

Saqlash
11:05 / 23.05.2024 1719 0

23-may kuni World2Fly aviakompaniyasining Madriddan kelgan birinchi charter reysi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi, deb xabar berdi Turizm qoʻmitasi.

 

Xabarga koʻra, birinchi charter reysda 290 nafar yoʻlovchi, jumladan, sayyohlar, Ispaniyaning yirik turizm operatorlari, jurnalistlar va blogerlar kelgan.

 

 

Ushbu charter reys “Avrud” turoperatori tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning maqsadi Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini koʻpaytirish va turizmni rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu sayohat doirasida ispaniyalik turistlar mamlakatimizning tarixiy shaharlari – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyuradi.

 

“Aviakompaniyaning istiqboldagi rejalari qatoriga yana ham koʻproq charter reyslarini amalga oshirish hamda Ispaniya va Oʻzbekistonda turizm bozorini rivojlantirish kiradi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//