Qashqadaryoda yuk mashinasi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan oʻquvchini urib yubordi

Saqlash
14:05 / 23.05.2024 1744 0

Maʼlum boʻlishicha, voqea 15-may kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida sodir boʻlgan.

 

Oʻsha kuni Samarqand-Gʻuzor avtomobil yoʻlidan harakatlanib kelayotgan Kamaz yuk mashinasi Koʻkdala tumanida joylashgan 37-maktab oldidagi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotib 2-sinf oʻquvchisini urib yuborgan. Oqibatda oʻquvchi ogʻir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

 

Aslida yoʻldan oʻtayotgan bolalar bir necha nafar boʻlgan. Piyodalar yoʻlakchasidan harakatlanayotgan oʻquvchilarga birinchi Nexia rusumli avtomobil toʻxtab, yoʻl bergan. Biroq yoʻlning ikkinchi boʻlagida katta tezlik bilan kelayotgan yuk mashinasi tezlikni pasaytirmagan va toʻxtamagan. Oqibatda “piyoda chiziqlariga ishongan bolalar”dan birini urib yuborgan.

 

Aniqlanishicha, hodisa yuzasidan Koʻkdala tuman IIB tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//