Bozor xodimini haqorat qilgan tadbirkor ayol 7 sutkaga qamaldi

Saqlash
16:05 / 23.05.2024 1581 0

Maʼlum boʻlishicha, yakka tartibda faoliyat yurituvchi A.A. bozor hududida savdo faoliyatini amalga oshirib, bozorda savdo qilish tartib qoidalarini mensimay, bozor xodimi boʻlgan Sh.K.ni turli soʻzlar bilan haqorat qilib, unga qarshilik koʻrsatgan va urgan.

 

Natijada, Jinoyat ishlari boʻyicha Muborak tuman sudining 2024-yil 15-may kunidagi qarori bilan tadbirkor A.A. Oʻzbekiston Respublikasi MjtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

“Bozor hududida savdo qilish tartib qoidalarini mensimagan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibdagi javobgarlikka tortilish mumkinligi haqida ogohlantirib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//