Qanday toifadagi odamlarni pashsha koʻproq chaqishi taxmin qilindi

Saqlash
17:05 / 23.05.2024 1841 0

Tabiatning ayrim sirlari borki, ularning tagiga yetish qiyin. Isbotlanganlari esa kishini hayratga soladi.

 

Masalan, pashshalarni olaylik. Ular garchi ongsiz koʻrinsa-da, ammo harakat jihatidan aqlsizga oʻxshamaydi. Gap bu yerda ularning chaqish yoki chaqmasligida ketmoqda.

 

Pashshalar baʼzi odamlarning qoniga tashna boʻladi. Ayrim odamlarni esa chaqmaydi. Olimlarning taxminiga koʻra, bu shunchaki tasodif emas ekan.

 

Toʻgʻri, olimlar aniq sababni koʻrsatolmaydi, ammo izlanishlariga tayangan holda baʼzi farazlarni ilgari surishadi.

 

Ularning gipotezalariga koʻra, quyidagi toifaga kiruvchi odamlar pashshalarning asosiy “oʻlja”si hisoblanar ekan:

◻️ Karbonat angidrid chiqaradiganlar (Bu toifaga kiradiganlar – katta yoshdagilar, homilador ayollar, shuningdek, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadiganlar);

◻️ Juda koʻp terlaydiganlar;

◻️ Alkogol mahsulotlarini isteʼmol qiluvchilar;

◻️ I qon guruhiga mansub odamlar;

◻️ Terisida bakteriyalari kam odamlar (yaʼni nihoyatda toza boʻlib yuradiganlar);

◻️ Ayollar;

◻️ Shoʻr, achchiq, va kaliyga boy taomlarni isteʼmol qiluvchilar;

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//