Ijod maktablariga topshirishda oʻquvchining baholari eʼtiborga olinadimi?

Saqlash
14:05 / 24.05.2024 1641 0

Umumtaʼlim muassasalarining 6-sinfini tamomlagan oʻquvchilar ijod maktablarining 7-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida, ijodiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida har bir sinfga 20 nafardan qabul qilinadi.

 

Ijod maktablarida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar hujjatlarini Respublikamizdagi 9 ta ijod maktabidan oʻzi xohlagan (faqat bittasiga) ijod maktabiga topshirishi mumkin. Yaʼni, bunda hudud tanlanmaydi.

 

Bundan tashqari, ijod maktablariga hujjat topshiradigan talabgorning baholariga hech qanday talab qoʻyilmaydi. Misol uchun, fanlar boʻyicha yillik baholari 5 (aʼlo), 4 (yaxshi) yoki 3 (qoniqarli) boʻlgan talabgor ham mazkur turdagi taʼlim maskanlariga hujjat topshirishi mumkin.

 

Oldinroq Ijod maktablarida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul qachon boshlangani haqida xabar berilgan edi.

 

Shuningdek, respublikadagi xohlagan Prezident maktabiga hujjat topshirib boʻlmasligi maʼlum qilingandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//