Toshkentda xonadonlarni poylab, eshitib yurgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Saqlash
16:05 / 24.05.2024 1950 0

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum erkak koʻp qavatli uylarning eshiklari orqali xonadon ichkarisini eshitib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat boʻyicha u IIB binosiga chaqirilganida idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

 

Aniqlik kiritilishicha, ushbu shaxs 2020-yilda oʻgʻrilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan fuqaro A.B. boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 23-may kuni gumonlanuvchi Mirzo Ulugʻbek tuman sudi tomonidan MjtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan.

 

Hukmga koʻra, sudlanuvchiga 5 sutkalik qamoq va BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//