Endilikda sportchilar Oʻzbekiston tarixi boʻyicha chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitiladi

Saqlash
12:05 / 29.05.2024 685 0

Oldinroq Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

 

Mazkur akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini oʻz ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi ham faoliyat yuritadi.

 

Bu yerda sportchilarga xorijiy tillar va Oʻzbekiston tarixi boʻyicha chuqurlashtirilgan tarzda saboq beriladi

 

Shuningdek, akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ham tashkil etiladi.

 

Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi.

 

Talabalarining kontingenti, birinchi navbatda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari boʻyicha soʻnggi bir yilda Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash (seleksiya) asosida shakllantiriladi.

 

Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralab olingan bitiruvchilar Akademiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi.

 

Bundan tashqari, Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi.

 

Bitiruvchilarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati (diplom), istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri 6 yilga beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//