Eng arzon osh qayerda?

Saqlash
16:06 / 03.06.2024 973 0

Statistika agentligi tomonidan may oyi hisobi boʻyicha hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari maʼlum qilindi.

 

Jumladan, Oʻzbekistonda eng arzon osh Namangan viloyatida sotilmoqda. U yerda 1 porsiya oshning narxi – 19 900 soʻm.

 

Eng qimmat osh esa, kutilganidek, Toshkent shahrida – 30 200 soʻm.

 

Quyida palov hududlarda sotilish narxlari keltirilgan:

🔸Qoraqalpogʻiston R. – 24 300 soʻm;

🔸Andijon viloyati – 24 600 soʻm;

🔸Buxoro viloyati – 28 600 soʻm;

🔸Jizzax viloyati – 26 200 soʻm;

🔸Qashqadaryo viloyati – 27 900 soʻm;

🔸Navoiy viloyati – 24 400 soʻm;

🔸Namangan viloyati – 19 900 soʻm;

🔸Samarqand viloyati – 27 300 soʻm;

🔸Surxondaryo viloyati – 25 800 soʻm;

🔸Sirdaryo viloyati – 23 500 soʻm;

🔸Toshkent viloyati – 25 400 soʻm;

🔸Fargʻona viloyati – 23 300 soʻm;

🔸Xorazm viloyati – 27 600 soʻm;

🔸Toshkent shahri – 30 200 soʻm.

 

Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

 

Taqqoslanganda, hududlar boʻyicha osh narxi koʻtarilgan. Masalan, oʻtgan yili iyun oyida bir porsiya osh Toshkent shahrida 29 ming soʻm boʻlgan(1200 soʻmga qimmatlagan).

 

Eng arzon osh esa Fargʻonada sotilgan – 19 200 soʻm. Qizigʻi, bir yil ichida Fargʻona oshi 4100 soʻmga qimmatlagan.

 

Namangan oshining narxi esa atigi 100 soʻmga oshgan. Bu esa eng minimal qimmatlash hisoblanadi.

 

Eng yuqori qimmatlash Xorazm viloyatida boʻlgan. 1 porsiya Xorazm oshi bir yilda 4 800 soʻmga oshgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//